URDU Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Folklor instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
28-04-2025, 14:35
216 марта
URDU Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Folklor instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandiBugun, 28-aprel kuni Urganç davlat universitetiga Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Folklor instituti direktori, prof. Hikmət Quliyev hamda institut ilmiy xodimlari taşrif buyurdi.
Taşrif asnosida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik böyiça prorektor Ğ.Örazboyev, Filologiya va sanat fakulteti dekani D.Ğayipov hamda fakultet kafedra mudirlari, tegişli masullar iştirokida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Unda Ozarbayjon va Özbekiston xalqlari örtasidagi döstlik va qardoşlik riştalari, tarixiy, madaniy va manaviy aloqalarning çuqurligi, til va ananalarning muştarakligi hamda özaro hurmat va işonçga asoslangan mustahkam riştalar etirof etildi.
Uçraşuvda ikki oliy öquv yurtlari örtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi va hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ikki oliygoh örtasida ilğor ilmiy izlanişlar olib boriş, yangi ilmiy loyihalarni işlab çiqiş va birgalikda ilmiy naşrlarni amalga oşiriş kabi özaro manfaatli hamkorlikni közda tutadi.
Rasmiy uçraşuvdan söng, mehmonlar Filologiya va sanat fakultetida taşkil etilgan “Yusif Vazir Çamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-Özbek döstlik markazi” bilan tanişdilar hamda dars jarayonlarida iştirok etdilar.







