Urgançda atmosfera havosi ifloslanişi kuzatildi
9-11-2025, 21:46
590 марта
Urgançda atmosfera havosi ifloslanişi kuzatildi“Özgidromet” markaziy apparatining 2025 yil 9 noyabr soat 17:00 holatiga köra taqdim etgan malumotiga binoan, Urganç şahrida atmosfera havosi ifloslanişi holati qayd etilgan.
Malumotga köra, mamlakatning bir qator şaharlarida — Andijon, Guliston, Qarşi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farğona va Toşkentda ham şunday holat kuzatilgan.
Bu esa hozirgi vaqtda havodagi zararli moddalar meyordan oşib ketganini anglatadi. Mutasaddilar aholini imkoni boriça havo ifloslangan vaqtlarda köçaga çiqişni çeklaş, ayniqsa bolalar va keksa kişilar salomatligiga etiborli bölişga çaqirmoqda.
Buxoro va Nukus şaharlarida esa atmosfera havosi ifloslanişi aniqlanmagan.