Urganç tumanida oqova suv yölga çiqmoqda
9-11-2025, 22:28
475 марта
Urganç tumanida oqova suv yölga çiqmoqdaUrganç tumani Jayhun köçasida oqova suv tizimida muammo kuzatilmoqda. Guvohlarning sözlariga köra, bir neça kundan beri köçadagi kanalizatsiya quvurlaridan suv oqib, katta yölga çiqib ketmoqda.
Bu holat natijasida fuqarolar va haydovçilar uçun noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Yölning ayrim qismlarida suv töplanib, harakat qiyinlaşgan. Şuningdek, atrofdagi dökon va uylar oldida sassiq hid tarqalayotgani aytilmoqda.
Mahalliy aholi bu holat böyiça tegişli idoralarga murojaat qilganini malum qildi. Hozirça oqova suvning çiqişiga aniq sabab va uni bartaraf etiş muddati haqida rasmiy malumot berilmagan.
Fuqarolar masul taşkilotlardan tez fursatda çora körişni söraşmoqda.