Şovot, Qöşköpir va Xivada 14 noyabr kuni gaz taminoti vaqtinça töxtaydi
13-11-2025, 22:29
425 марта
Şovot, Qöşköpir va Xivada 14 noyabr kuni gaz taminoti vaqtinça töxtaydi«Urgançtransgaz» UK malumot berişiça, 14 noyabr kuni Xorazm viloyatining qator hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtaydi. Bu «Şovot-2» gaz taqsimlaş stantsiyasida amalga oşirilayotgan mavsumiy şaybalarni almaştiriş işlari hamda Xiva şahridagi örta bosimli quvurda aniqlangan nosozlik bilan boğliq.
Şovot va Qöşköpirda rejali tamirlaş işlari sabab gaz töxtaydi
Malumotga köra, 14 noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gaça Şovot tumani va Qöşköpir tumanidagi bir qator mahallalarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Gaz taminoti töxtaydigan Şovot tumani mahallalari:
- Böston
- Guliston
- Mevazor
- Royat
- Navröz
- Eşonqala
- Arbek
- Oq-köl
- Monaq
- Oğahiy
- Töqmanğit
- Çiğatoy
- Ilğaldi
- Mehnatobod
- Döstlik
- Şerobod
- Begovot
- Paxtakor
Xiva şahrida avariya sabab gaz uziladi
Xiva şahrining “Gulşan-2” mahallasini tabiiy gaz bilan taminlab kelayotgan örta bosimli gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Şu boisdan 14 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça uşbu hududda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
«Urgançtransgaz» xodimlari tomonidan avariya holatini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Nosozlik tugallanganidan keyin gaz taminoti töliq tiklanişi malum qilindi.