Prezident qizi Xorazmda, Xorazmça non yopdi
17-11-2025, 08:24
694 марта
Prezident qizi Xorazmda, Xorazmça nondan tatib kördiSönggi kunlarda Xorazm viloyatiga amaliy taşrif bilan kelgan Prezidentning qizi Şahnoza Mirziyoyeva viloyatning bir qator tumanlariga borib, tibbiyot maskanlaridagi şaroitlar bilan tanişdi, bemorlar holidan xabar oldi va aholi muammolarini örgandi.
Taşrif davomida u nafaqat rasmiy uçraşuvlarda, balki xalq içida ham yurib, oddiy fuqarolar bilan oçiq muloqotlar uyuştirdi. Mahalla va qisman çekka hududlardagi muammolar örganilib, tegişli idoralar masullariga tavsiya va vazifalar berilgani malum qilindi.
Bugun esa Şahnoza Mirziyoyeva Xorazmga xos milliy taom — Xorazm nonini yopiş jarayonida ham qatnaşdi. U mahalliy ustalar körsatmasi bilan xamir tayyorlaşdan tortib, tandirda non yopişgaça bölgan jarayonni sinçkovlik bilan örganib, öz qöli bilan nonga tikaç urdi.
Mahalliy aholi bu holatni iliq kutib oldi. Aytişlariça, bunday samimiy muloqot va xalqona amaliy qadamlar hudud ahlining ruhiyatini kötarib, davlat va jamoatçilik örtasidagi muloqotni yanada yaqinlaştiradi.

