USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda, “M.I.B keldi – boğ xonavayron qilindi” – aslida nima bölgan?

982 марта
Xorazmda, “M.I.B keldi – boğ xonavayron qilindi” – aslida nima bölgan?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uşbu xabar yuzasidan Byuroning Xorazm viloyati boşqarmasi tomonidan örganiş işlari olib borildi.


Malum bölişiça:
  • 2024 yil 16 sentyabrda FIB Urganç tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Urganç tumani, Çandirqiyot qişloğidagi 0,08 ga yer maydoni “Urganç Agro Pilla” MÇJga tegişli deb belgilangan.
  • Uşbu yer qarzdor E.R. tomonidan noqonuniy egallangan bölib, maydonda 248 tup mevali daraxtlar ekilgan.

 Jami köçirilişi belgilangan daraxtlar:
125 tup olça, 30 tup gilos, 15 tup örik, 3 tup bexi, 40 tup smorodina,
5 tup nok, 8 tup uzum, 5 tup şaftoli, 3 tup anjir, 6 tup anor
va dala atrofidagi 8 tup tol daraxti.

 Ijro jarayoni:
  • Qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
  • Ekologiya boşqarmasi xatlariga köra daraxtlarni 2025 yil erta bahor mavsumida boşqa joyga köçiriş mumkinligi bildirilgan.
  • Ijro harakatlari 28 mart 2025 yilga belgilangan.
 Ammo…
Belgilangan manzilga borilganda qarzdor E.R. sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarişdan boş tortgan.

Qarzdor, uning farzandi va qöşnilari ijro jarayoniga faol qarşilik körsatgani sababli jarayon vaqtinça töxtatilgan.
 Şu bois, E.R.ga MJtK asosida 1 875 000 söm (BHMning 5 baravari) mamuriy jarima qöllanilgan.

Ekologiya bölimi tavsiyasiga köra ijro işlari erta bahor va kuz mavsumigaça vaqtinça töxtatilgan.

17 noyabr kuni majburiy ijro harakatlari amalga oşirilib, tegişli taşkilotlar iştirokida sud qarori ijrosi töliq taminlangan va ijro işi yakunlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek, boğ “xonavayron qilinmagan”. Daraxtlarning köçirilişi qonun doirasida, ekologiya mutaxassislari tavsiyalariga asosan hamda sud qaroriga köra amalga oşirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: