Yangibozor va Hazorasp tumanlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
28-11-2025, 23:18
576 марта
Yangibozor va Hazorasp tumanlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiYangibozor tumanini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli yer usti gaz quvurida aniqlangan gaz siznib çiqiş holati bartaraf etilişi sababli ertaga, 29 noyabr kuni soat 14:00 dan 17:00 gaça tumanning barça mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Avariya holati bartaraf etilgandan söng tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.
Şuningdek, Hazorasp tumanining Ataliq, J.Manguberdi, Al-Xorazmiy, Oybek va Boğdor mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida ham gaz siznib çiqiş holati qayd etilgani munosabati bilan 29 noyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gaça uşbu hududlarda tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Avariya holati töliq bartaraf etilgandan söng gaz taminoti odatiy tartibda qayta tiklanişi malum qilindi.