Xorazmda örik eksporti qay darajada?
1-12-2025, 07:19
140 марта
Xorazmda örik eksporti qay darajada?Joriy yilning birinçi 10 oyi davomida Xorazm viloyatidan xorijiy davlatlarga 2,6 ming tonna örik eksport qilindi, uning umumiy qiymati 1,6 million AQŞ dollarini taşkil etdi.
Malumot uçun, örik mahsulotining uluşi meva-sabzavot mahsulotlari umumiy eksporti hajmining 0,9 foizini taşkil etgan.
Xorazmlik boğbonlar tomonidan yetiştirilgan öriklar jahon bozorida öz istemolçisini topayotgani hududdagi boğdorçilikni yanada rivojlantiriş, mahsulot sifatini oşiriş va eksport salohiyatini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔹 Mutahassislar fikriça, hududda eksportbop meva-sabzavot yetiştiriş uçun imkoniyatlar katta bölib, agrotexnologiyalarni takomillaştiriş va zamonaviy saqlaş omborxonalarini köpaytiriş orqali uşbu körsatkiçlarni yanada oşiriş mumkin.