Xorazmda yovvoyi qöyonni ovlagan brakoner qölga olindi
3-12-2025, 15:12
303 марта
Xorazmda yovvoyi qöyonni ovlagan brakoner qölga olindiXorazm viloyatida brakonerlikka qarşi kuraş oyligi doirasida huquqni muhofaza qiliş organlari hamkorligida Xazorasp tumani hududida ekologik nazorat reyd tadbirlari ötkazildi. Tadbir jarayonida fuqaro B.Ş. tomonidan qonunbuzarlikka yöl qöyilgani aniqlandi.
Malum bölişiça, u öziga tegişli bölgan IJ-26 rusumli, ikki stvolli, 12 kalibrli ov quroli yordamida tegişli ovçilik yöllanmasiga ega bölmasdan, taqiqlangan hududda bir boş yovvoyi qöyonni ovlagan.
Uşbu huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqaro B.Ş.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 90-moddasi 4-qismi asosida mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Töplangan hujjatlar qonun doirasida çora köriş uçun sud organlariga taqdim etildi.
