Xorazmda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni nişonlandi
3-12-2025, 17:02
227 марта
Xorazmda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni nişonlandiMalumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 3 dekabr sanasi dunyo böylab “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nişonlanadi.
Şu munosabat bilan Xorazm viloyatida ham mazkur sanaga bağişlab tadbir ötkazildi. Unga viloyatimizning barça şahar va tumanlaridan nogironligi bölgan fuqarolar taklif etildi.
Tadbir davomida viloyat hokimi Jörabek Raximov jismoniy imkoniyatlari çeklangan yurtdoşlarimizning jamiyat hayotidagi faol iştiroki, ularning Vatanimiz taraqqiyotiga qöşayotgan munosib hissasi baland baholanişini takidladi.
Sana munosabati bilan viloyatimiz şahar va tumanlarida ham uçraşuvlar, manaviy-marifiy tadbirlar va qöllab-quvvatlaş aktsiyalari taşkil etildi. Uşbu taşabbuslar nogironligi bölgan fuqarolarning hayot sifatini oşiriş va jamiyatga yanada töliq integratsiyasiga xizmat qiladi.




