Urganç va Xivada neçta yangi radarlar qöyilayotganligi aytildi
3-12-2025, 18:08
1 557 марта
Xorazmda “Aqlli çorraha” tizimi joriy etiladi: Urganç va Xivada 90 dan ortiq nuqta qamrab olinadiÖzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 16 sentyabrdagi PQ-286-sonli qaroriga muvofiq, Xorazm viloyatining Urganç va Xiva şaharlarida harakat xavfsizligini oşiriş, tirbandliklarni kamaytiriş va yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida “aqlli çorraha” tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.
Uşbu zamonaviy tizim şarofati bilan transport oqimini onlayn monitoring qiliş, qoidabuzarliklarni aniqlaş, piyodalar xavfsizligini taminlaş va svetoforlarni avtomat boşqariş imkoni yaratiladi. Eng muhimi, bu axborot texnologiyalarini yöl infratuzilmasiga çuqur integratsiya qiliş orqali şaharlardagi transport harakati sifatini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Urganç şahrida – 73 ta çorraha va piyodalar ötiş joyi qamrab oladi.
Örgançda “aqlli çorraha” tizimi asosan Al-Xorazmiy, Jayhun, Al-Beruniy, Islom Karimov, A.Baxodirxon, Tinçlik, P.Maxmud, Sanoatçilar va Yangi Şovot kabi aholi serqatnov köçalarini öz içiga oladi. Jami 70 dan ortiq çorraha va piyodalar svetoforlari dasturga kiritilgan.
Ular orasida:
— Al-Xorazmiy—Jayhun, Al-Xorazmiy—Tinçlik, Al-Xorazmiy—P.Maxmud kabi eng yirik transport yöllari kesişmasi;
— I.Karimov köçasining markaziy qismidagi bir neçta piyoda svetoforlari;
— Sanoatçilar, Gurlan, Yangi Şovot, Tafakkur, Döstlik, Boynalminalçilar köçalaridagi xavfli çorrahalar;
— Piyodalar harakati kuçli bölgan maktablar atrofi maxsus etiborga olingan.
Bu nuqtalarda kameralar, intellektual boşqaruv svetoforlari va raqamli nazorat uskunalari örnatilib, har bir çorraha real vaqtda tahlil qilinadi.
Xiva şahrida – 19 ta çorraha va piyodalar ötişi raqamlaştiriladi
Tarixiy şaharda transport oqimi mavsumiy va turistlar soniga qarab özgarib turadi. Şu bois “aqlli çorraha” tizimi Xivada ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy yönalişlar quyidagilarni öz içiga oladi:
— D215 avtomobil yölining 24–26 km qismi, maktab atrofidagi piyoda ötiş joylari;
— Nurafşon—Buyuk yöl, N.Kubro—Oxunboboyev, A.Temur—Beruniy çorrahalari;
— Elobod, Lutfiy, Oydin hayot köçalaridagi juda qiyin harakatlanuvçi kesişmalar;
— Şahar aylanma yölidagi strategik muhim çorrahalar.
Uşbu nuqtalarda xavfsizlik kameralari, svetoforlarni avtomat boşqariş modullari örnatilişi natijasida yil davomida minglab turistlar va mahalliy aholi harakati yuqori sifatda tartibga solinadi.
Nima uçun “aqlli çorraha” Xorazm uçun zarur?
1️⃣ Şahar aholisi va avtomobillar soni tez suratda oşib bormoqda
Tirbandliklar ayniqsa Urgançda kunlik muammoga aylanayotgani sir emas. Intellektual sistema oqimga qarab svetofor işini avtomat boşqaradi — qurib qolgan trafik yöqoladi.
2️⃣ Yöl-transport hodisalarining asosiy qismi çorrahalarda sodir böladi
Kamera va datçiklar orqali qoidabuzarliklar aniq nazorat qilinadi — bu esa avariyalar sonini kamaytirişga xizmat qiladi.
3️⃣ Turistlar köpşiligi Xivaga yöl oladi
Xavfsiz va barqaror transport tizimi — turizm rivojining muhim şarti.
4️⃣ Axborot texnologiyalari orqali xarajatlar tejaladi
Intellektual boşqaruv tizimi xizmati ananaviy patrul va közdan keçirişdan ança samarali va arzon hisoblanadi.