Xorazmda Konstitutsiyaning 33 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir ötkazildi
6-12-2025, 13:05
277 марта
Xorazmda Konstitutsiyaning 33 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir ötkazildi8 dekabr — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyatida keng kölamli bayram tadbirlari ötkazilmoqda.
Bugun Xorazm viloyati musiqali drama teatrida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi. Unda mehnat faxriylari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, yoşlar hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov sözga çiqib, barçani Konstitutsiya bayrami bilan samimiy tabrikladi. U öz nutqida Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarining kafolati, adolat va tenglik tamoyillarining mustahkam asosi ekanini takidladi.
Şuningdek, tadbir davomida viloyat sanat ustalari iştirokida bayram kontserti namoyiş etildi, yurtni, tinçlik va taraqqiyotni uluğlovçi qöşiqlar ijro etildi.
Ayni kunlarda Konstitutsiya kuniga bağişlangan tadbirlar “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan boş ğoya asosida Xorazm viloyatining barça şahar va tumanlarida davom etmoqda.
Konstitutsiya kuningiz muborak bölsin, aziz yurtdoşlar! Vatanimiz tinç, xalqimiz farovon bölsin!




