Xorazmda eng köp transport korxonasi qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?
9-12-2025, 20:36
553 марта
Xorazmda eng köp transport korxonasi qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?2025-yil 1-noyabr holatiga köra, Xorazm viloyati böyiça taşiş va saqlaş sohasida faoliyat yurituvçi korxonalar soni 1 031 tani taşkil etdi. Hududlar kesimida uşbu korxonalarning taqsimlanişi turliça bölib, ayrim tuman va şaharlarda soha faolligi yuqori ekanligi kuzatildi.
Malumotlarga köra, eng köp transport korxonalari Hazorasp tumanida joylaşgan — bu yerda 259 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Tumanning geografik joylaşuvi va logistika imkoniyatlari soha rivojiga katta tasir körsatmoqda.
Qolgan hududlardagi holat quyidagiça:
- Urganç şahri — 202 ta
- Xonqa tumani — 128 ta
- Urganç tumani — 97 ta
- Boğot tumani — 54 ta
- Şovot tumani — 48 ta
- Qöşköpir tumani — 47 ta
- Xiva tumani — 47 ta
- Xiva şahri — 46 ta
- Gurlan tumani — 42 ta
- Yangiariq tumani — 29 ta
- Yangibozor tumani — 18 ta
- Tuproqqala tumani — 14 ta