15 dekabr kuni Urganç, Tuproqqala tumanlari va Urganç şahrining ayrim hududlarida elektr taminoti vaqtinça uziladi
12-12-2025, 21:22
911 марта
15 dekabr kuni Urganç, Tuproqqala tumanlari va Urganç şahrining ayrim hududlarida elektr taminoti vaqtinça uziladiXorazm viloyatida elektr tarmoqlarida olib boriladigan rejaviy profilaktika işlari munosabati bilan 15 dekabr kuni bir neçta tuman va şaharlar hududlarida elektr energiyasi taminoti vaqtinça çeklanişi mumkin. Bu haqda masul taşkilot tomonidan malum qilindi.
Malumotga köra, texnik ekspluatatsiya qoidalariga muvofiq, elektr tarmoqlarida ötkaziladigan xizmat körsatiş va tamirlaş işlari doirasida quyidagi hududlarda vaqtinça uzilişlar kuzatilişi ehtimol qilinyapti:
🔸 Urganç tumani:
Oltin köl, Şermatlar, Şodlik, Arboblar mahallalari;
🔸 Tuproqqala tumani:
Oxunboboyev, Pastom, Saidlar, Sayopir, Şehlar, Yanğizomin, Obod, Yakkaçiqir, Nurobod mahallalari;
🔸 Urganç şahri:
Baynalminalçi, Olimpiya, Marifatçi, Feruz mahallalari.
Profilaktika işlari 15 dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça olib boriladi. Mazkur vaqt oraliğida elektr taminotida qisqa muddatli uzilişlar bölişi mumkin.
Masul idora fuqarolarni vaqtinça noqulayliklar uçun tuşunçalik bilan yondaşişga çaqirib, barça işlar elektr tarmoqlarining barqaror va xavfsiz faoliyatini taminlaş maqsadida amalga oşirilayotganini takidladi.