USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç şahri kiriş qismidagi tirbandliklarga barham beriladi

182 марта
Urganç şahri kiriş qismidagi tirbandliklarga barham beriladi

Xorazm viloyati markazi — Urganç şahriga kiriş qismida yillar davomida kuzatilib kelgan tirbandliklar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilmoqda. Ayniqsa, kunning tirband soatlarida mazkur hududda harakatning sekinlaşişi aholi va haydovçilar uçun qator noqulayliklar keltirib çiqarayotgan edi.

Mazkur muammoni hal etiş maqsadida davlat ahamiyatiga ega D215 — “Urganç şahri – Xiva şahri” avtomobil yölida Xorazm viloyati Avtomobil yöllari boş boşqarmasi taşabbusi bilan keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Xususan, yölning yon qismlarida qöşimça qatnov yölaklari quriş işlari boşlandi.

Qöşimça yölaklar qanday samara beradi?

Mutaxassislar takidlaşiça, yangi qatnov yölaklari işga tuşirilişi bilan:

— tirbandliklar sezilarli darajada kamayadi;
— transport vositalarining harakat tezligi oşadi;
— yöl harakati xavfsizligi taminlanadi;
— haydovçilar va yölovçilar uçun qulaylik yaratiladi;
— Urganç şahriga kiriş qismida harakat oqimi yanada tartibli tus oladi.

Uzoq muddatli yeçim

Amalga oşirilayotgan işlar nafaqat bugungi tirbandlik muammosini hal etişga qaratilgan, balki Urganç – Xiva yönalişidagi transport harakatini kelgusida ham barqaror va samarali taşkil etişga xizmat qiladi. Bu esa viloyatning turistik va iqtisodiy salohiyati oşişiga ham ijobiy tasir körsatişi şubhasiz.

Mutaxassislar tomonidan yöl qurilişi işlari belgilangan meyor va talablar asosida olib borilmoqda. Quriliş jarayoni yakuniga yetgaç, Urganç şahri kiriş qismidagi köp yillik muammo öz yeçimini topişi kutilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: