Xorazmning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin
23-12-2025, 04:33
2 093 марта
Xorazmning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkinXorazm viloyatining Urganç, Şovot, Qöşköpir, Xiva tumanlari hamda Urganç şahrining ayrim hududlarida joriy profilaktika işlari sababli elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq, joriy yilning 23 dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça rejali profilaktika işlari amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan quyidagi hududlarda elektr taminotida vaqtinçalik çeklovlar bölişi ehtimol qilinmoqda:
Urganç tumanida:
Xojiboylar, Şohidonlar, Turkmanlar, Killavut, Tajriba stantsiyasi, Qayçili mahallalari;
Şovot tumanida:
Taraqqiyot, Xitoy, Uzunköl, Qozoqqala, Döstlik mahallalari;
Qöşköpir tumanida:
Qoravul, Vaxmçi, Döstlik, Ilğaldi, Mehnatobod, Şerobod, Paxtakor, Amirqum, Yangilik, Ayronköl, Mesit mahallalari;
Xiva tumanida:
Böston, Oqyop, Daşyoq mahallalari;
Urganç şahrida:
Sanoatçilar mahallasi.
Elektr taminoti korxonasi aholidan keltirilişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr sörab, profilaktika işlari yakunlanişi bilan elektr energiyasi qayta tiklanişini malum qildi.
Aholidan ehtiyotkorlik çoralarini köriş va elektr energiyasiga boğliq qurilmalardan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya etiş söralmoqda.