“Urganç ayeroporti”da noqonuniy valyuta olib çiqiş holati foş etildi
23-12-2025, 12:04
467 марта
“Urganç ayeroporti”da noqonuniy valyuta olib çiqiş holati foş etildiXorazm viloyati bojxona boşqarmasi “Urganç ayeroporti” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Aviatsiyada xavfsizlikni taminlaş xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huquqbuzarlik holatiga çek qöyildi.
Xususan, “Urganç – Maxaçqala” yönalişidagi aviareys bilan uçib ketayotgan fuqaro bojxonaçilar tomonidan şaxsiy körikdan ötkazilganida, mazkur fuqaro yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan, şuningdek, oğzaki sörov davomida malum qilinmagan, olib çiqiş meyoridan ortiqça bölgan 475 000 Rossiya rublini özining qorin sohasiga boğlab, Özbekiston Respublikasidan olib çiqib ketayotganligi aniqlandi.
Bojxona nazorati davomida, uşbu fuqaroning yonida olib çiqiş normalari doirasida ruxsat etilgan — ekvivalenti 100 million sömgaça bölgan naqd pul mablağlari mavjud bölib, mazkur 475 000 Rossiya rublini belgilangan meyordan ortiqça bölgani uçun bojxona organlaridan yaşirilgan holda olib çiqilayotganligi malum böldi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka köra, jismoniy şaxslar bojxona çegaralari orqali ekvivalenti 100 million sömgaça bölgan naqd valyutani heç qanday deklaratsiyasiz olib çiqişi mumkin. Uşbu miqdordan ortiq bölgan valyuta esa majburiy ravişda deklaratsiya qilinişi şart.