Xorazmda saksovulni sindirib olgan fuqaro javobgarlikka tortildi
27-12-2025, 16:02
214 марта
Xorazmda saksovulni sindirib olgan fuqaro javobgarlikka tortildiXorazm viloyati hududida ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilişni kuçaytiriş maqsadida viloyat prokuraturasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi, Içki işlar hamda Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda ekologik nazorat reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Jumladan, Hazorasp tumani hududida ötkazilgan navbatdagi nazorat reydi davomida fuqaro M.F. tomonidan qonunga xilof ravişda saksovul ösimligini qöporib olib kelayotgani aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan 10 million 300 ming söm miqdorida jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar uçun 5 million 700 ming söm undiriş belgilandi.
Ayni paytda Xorazm viloyati hududida ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi matbuot xizmati