Xorazm viloyatida ovqatlaniş korxonalarining savdo aylanmasi 15,4 foizga oşdi
1-01-2026, 14:33
151 марта
Xorazm viloyatida ovqatlaniş korxonalarining savdo aylanmasi 15,4 foizga oşdi2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Xorazm viloyatida ovqatlaniş korxonalarining savdo aylanmasi 12 trln 393,3 mlrd sömni taşkil etdi. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga oşgan.
Statistik malumotlarga köra, sohadagi savdo aylanmasining asosiy qismi — 92,0 foizi — kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari hissasiga töğri kelmoqda. Bu esa hududda umumiy ovqatlaniş sohasida tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanayotganini körsatadi.
Mutaxassislar fikriça, aholi daromadlarining ösişi, xizmatlar sifatining yaxşilanişi hamda yangi ovqatlaniş şoxobçalarining iş boşlaşi savdo aylanmasining ösişiga ijobiy tasir körsatmoqda.
Xorazm viloyatida ovqatlaniş sohasi kelgusida ham iqtisodiyotning muhim yönalişlaridan biri bölib qolişi kutilmoqda.