Xorazmda tezlikni oşirgan Nexia haydovçisi halok böldi
6-01-2026, 20:49
3 790 марта

Xorazmda tezlikni oşirgan Nexia haydovçisi halok böldi
Xorazm viloyatida Nexia haydovçisi özi bilan bir yönalişda harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasi bilan töqnaşib, söng yöl çetidagi daraxtga urildi. YTH oqibatida Nexia haydovçisi vafot etdi.Malum bölişiça, yöl-transport hodisasi bugun, 6 yanvar kuni ertalab Urganç tumani Beruniy mahallasi hududida sodir bölgan. 1992 yilda tuğilgan R.B. Nexia avtomaşinasini boşqarib ketayotgan vaqtda, bir yönalişda harakatlanayotgan 24 yoşli M.P. boşqaruvidagi Lacetti bilan töqnaşgan.
Töqnaşuvdan söng Nexia avtomaşinasi yöldan çiqib ketib, daraxtga borib urilgan. YTH oqibatida Nexia haydovçisi R.B. voqea joyida halok bölgan.
Avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan uning otasi O.B. esa tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, yöl-transport hodisasiga Nexia haydovçisining tezlikni meyordan oşirib harakatlanişi sabab bölgan.