Xorazmda qidiruvda bölgan “Malibu 2” ustaxonadan topildi
7-01-2026, 10:52
1 147 марта
Xorazmda qidiruvda bölgan “Malibu 2” ustaxonadan topildiXorazm viloyatida qidiruvda bölgan “Malibu 2” rusumli avtomaşina aniqlanib, jarima maydoniga joylaştirildi.
Malum bölişiça, fuqarolik işlari böyiça Boğot tumanlararo sudining ajrimiga asosan, bank foydasiga qarzdor bölgan fuqaro R.O.ga tegişli, garov mulki hisoblangan “Malibu 2” avtomaşinasini xatlaş belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yangiariq tumani bölimi iş yurituviga kelib tuşgan.
Qidiruv şubasi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida avtomaşina Xonqa tumanida joylaşgan avtoservis hududidan topilib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylaştirildi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilmoqda.