Xorazmda noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlandi
16-01-2026, 20:26
368 марта
Xorazmda noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlandiXorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasining Qöşköpir tumani bölimi tomonidan ötkazilgan navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari davomida tabiatni muhofaza qiliş qonunçiligi buzilgan holat aniqlandi.
Malum bölişiça, Qöşköpir tumanining “Xonobod” mahallasida yaşovçi fuqaro tomonidan tegişli ruxsatnomasiz 1 dona qayrağoç (gujum) daraxti kesib taşlangan. Holat ekologik nazorat davomida rasman qayd etildi.
Aniqlangan qonunbuzarlik yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Unga 10 million 300 ming söm miqdorida jarima qöllanildi.
Şuningdek, daraxt kesilişi natijasida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 10 million 712 ming söm etib hisoblab çiqildi.
Ekologiya boşqarmasi tomonidan aholiga yana bir bor eslatib ötilişiça, daraxt va butalarni ruxsatsiz kesiş qonunan taqiqlanadi hamda bunday holatlar uçun qatiy çoralar köriladi. Nazorat tadbirlari viloyat hududlarida doimiy ravişda davom ettiriladi.