Hazorasp tumanida 340 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi
19-01-2026, 18:13
284 марта
Hazorasp tumanida 340 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidan foydalaniş qoidalariga rioya etilişini taminlaş maqsadida olib borilayotgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi tekşiruvlar çoğida Hazorasp tumanining “Kamolot” mahallasida yaşovçi fuqaro **G.S.**ga tegişli xonadonda elektr taminotidan foydalaniş holati örganildi. Tekşiruv jarayonida uşbu xonadonda jami quvvati 7,1 kVt bölgan elektr jihozlari elektr taminoti korxonasi bilan şartnoma tuzilmasdan, havo elektr tarmoğiga töğridan-töğri noqonuniy ulangan holda işlatib kelingani malum böldi.
Mutaxassislar tomonidan mazkur holat böyiça belgilangan tartibda elektron dalolatnoma rasmiylaştirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, noqonuniy ulaniş natijasida elektr taminoti korxonasiga 340,2 million söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va qonun doirasida çora köriş maqsadida tegişli idoralarga taqdim etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali elektr energiyasi istemolçilarini qonunçilik talablariga qatiy rioya etişga, elektr tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulanmaslikka va şartnoma asosida foydalanişga çaqiradi.
Eslatib ötamiz, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş nafaqat katta moliyaviy jarimalarga, balki qonunçilikda belgilangan javobgarlikka ham sabab bölişi mumkin.



