Xonqa tumanida tabiiy ofatdan zarar körgan köprik qayta tiklandi
20-01-2026, 12:24
397 марта
Xonqa tumanida tabiiy ofatdan zarar körgan köprik qayta tiklandiXorazm viloyati Xonqa tumani hududidan ötuvçi davlat ahamiyatiga ega D221 “Xonqa şahri – Yangiariq qişloği – 14-Çiqirçi qişloği – Xiva şahri” avtomobil yölining 3,9-kilometrida joylaşgan köprikda tabiiy ofat oqibatlari qayd etilgan edi.
Malum qilinişiça, mazkur köprik avvaldan tamirtalab va eskirgan holatda bölgan. Tabiiy ofat tasiri natijasida uning ayrim qismlariga zarar yetgan bölib, bu holat transport vositalari harakati uçun jiddiy xavf tuğdirgan.
Xavfsizlik çoralari zudlik bilan körildi
Yuzaga kelgan holat yuzasidan masul xizmatlar tomonidan tezkor çoralar körilib, köprik atrofida xavfsizlik taminlandi. Joyda ogohlantiruvçi yöl belgilar örnatildi hamda harakat qatnaşçilari uçun vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi.
Köprik mustahkamlanib, qayta qurildi
Xorazm viloyati Avtomobil yöllari boş boşqarmasi taşabbusi va tegişli hamkor taşkilotlar iştirokida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borildi. Natijada köprik mustahkam qilib qayta qurildi, konstruktsiyasi kuçaytirildi hamda zamonaviy talablarga mos holga keltirildi.
Ayni paytda köprikni tamirlaş va mustahkamlaş böyiça barça zarur işlar töliq yakunlangan. Qayta tiklangan inşoot hozirda zamonaviy köriniş kasb etib, transport harakati uçun xavfsiz holatga keltirilgan.
Yöl xavfsizligi ustuvor
Mutaxassislar takidlaşiça, bunday çora-tadbirlar yöl infratuzilmasining barqaror işlaşini taminlaş, şuningdek, fuqarolar xavfsizligini muhofaza qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
