Urganç tumanida harbiy texnika yonişi aks etgan video muhokamalarga sabab böldi
21-01-2026, 16:18
815 марта
Urganç tumanida harbiy texnika yonişi aks etgan video muhokamalarga sabab böldiIjtimoiy tarmoqlarda Urganç tumaniga qaraşli Ğoybu qişloğida BTR turidagi harbiy texnika yonib ketgani aks etgan, deya iddao qilinayotgan video lavha tarqalmoqda. Qisqa vaqt içida keng muhokamaga sabab bölgan mazkur tasvirlar foydalanuvçilar orasida turli savol va taxminlarni keltirib çiqardi.

Hozirça videoda aks etgan holatning haqiqiyligi, voqeaning qaçon va qanday şaroitda sodir bölgani, şuningdek, texnika harbiy tuzilmalarga tegişli yoki yöqligi borasida rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangan malumot berilgani yöq.Mutasaddi idoralar tomonidan rasmiy izoh taqdim etilmagunga qadar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan malumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş tavsiya etiladi. Voqea haqiqatdan ham sodir bölgan taqdirda, tegişli taşkilotlar tomonidan rasmiy bayonot berilişi kutilmoqda.
Tahririyat holat yuzasidan rasmiy manbalardan aniq malumot olinişi bilan qöşimça xabar taqdim etişini malum qiladi.