Xorazm viloyatida yoğingarçilikdan söng elektr taminoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda
22-01-2026, 13:14
426 марта
Xorazm viloyatida yoğingarçilikdan söng elektr taminoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqdaXorazm viloyati hududlarida kuzatilgan noqulay ob-havo şaroiti, jumladan, kuçli qor yoğişi oqibatida ayrim elektr uzatiş tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelib, vaqtinçalik elektr taminotida uzilişlar qayd etildi.
Yuzaga kelgan holatlarni qisqa fursatda bartaraf etiş maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan barça zarur çora-tadbirlar körilmoqda. Xususan, şahar va tuman elektr taminoti korxonalariga qaraşli tezkor çiqiş brigadalari kuçaytirilgan tartibda faoliyat olib borib, nosozliklarni joyida aniqlaş va bartaraf etiş işlarini amalga oşirmoqda.
Mutaxassislar tomonidan elektr uzatiş liniyalari, transformator punktlari hamda boşqa muhim infratuzilma obektlari atrofliça tekşirilib, istemolçilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berişni tiklaş böyiça zarur tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Ayni paytga kelib, hududlarning aksariyat qismida elektr taminoti töliq yoki qisman tiklangan. Qolgan manzillarda esa tiklaş işlari jadal suratlarda davom etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali yuzaga kelgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun aholidan uzr sörab, elektr taminotini imkoni boriça tez va sifatli tiklaş böyiça barça say-harakatlar safarbar etilganini malum qildi.


