Urganç şahrida sport dökonida yonğin çiqdi: zarar miqdori va sabablari aniqlanmoqda
26-01-2026, 11:02
828 марта
Urganç şahrida sport dökonida yonğin çiqdi: zarar miqdori va sabablari aniqlanmoqdaUrganç şahri Pahlavon Mahmud köçasida joylaşgan sport anjomlari savdosi bilan şuğullanuvçi dökonda yonğin sodir böldi.
Malumotlarga köra, yonğin haqidagi xabar tuşgan zahotiyoq hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruv ekipajlari yetib kelib, alangani qisqa vaqt içida bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozirça malumot yöq.
Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sabablari, şuningdek, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegişli taşkilotlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Qöşimça malumotlar aniqlanişi bilan xabar beriladi.