Xorazmda podstantsiyadagi nosozlik sabab ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar kuzatilmoqda
27-01-2026, 12:11
814 марта
Xorazmda podstantsiyadagi nosozlik sabab ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar kuzatilmoqda“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali axborotiga köra, bugun, 11:32 da Xorazm viloyatida joylaşgan 110/6 kV kuçlanişli “Ğarbiy” podstantsiyasidagi T-2 transformatorida texnik nosozlik aniqlanib, xavfsizlik nuqtai nazaridan tezkor öçirilgan.
Mazkur holat natijasida Urganç şahri va Urganç tumanining ayrim istemolçilarida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar yuzaga kelgan.
Ayni paytda maxsus tezkor brigada tomonidan sodir bölgan nosozlikni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, istemolçilarni muqobil manbalar orqali elektr energiyasi bilan taminlaş çoralari körilmoqda.
Mutaxassislar takidlaşiça, tamirlaş işlari yakunlanişi bilan elektr taminoti töliq tiklanadi. Vujudga kelgan noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söraladi.