Yangiariqda yaşil hududga tajovuz: fuqaroga 10,3 mln söm jarima solindi
2-02-2026, 21:49
285 марта
Yangiariqda yaşil hududga tajovuz: fuqaroga 10,3 mln söm jarima solindi“Xorazmbugun” ijtimoiy Telegram kanali orqali “Yangiariq tumanida daraxtlar qöporib taşlandi: holat yuzasidan izoh kutilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videomaterial yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan örganiş işlari olib borildi.
Malum qilinişiça, mazkur holat böyiça boş boşqarmaning Yangiariq tumani bölimi mutaxassislari tomonidan joyiga çiqib örganiş ötkazilgan. Örganiş natijasida tumanning “Gulboğ” mahallasi hududida ayrim daraxtlar tegişli taşkilotlarning ruxsatisiz boşqa joyga köçirib ötkazilgani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro S.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, unga 10 million 300 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Şuningdek, köçirib ötkazilgan daraxtlarni saqlab qoliş maqsadida ularni parvarişlaş, öz vaqtida suğoriş hamda zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Qayd etilişiça, atrof-muhitni muhofaza qiliş, yaşil hududlarni asraş va ekologik qonunbuzarliklarning oldini oliş maqsadida viloyat hududida nazorat tadbirlari muntazam ravişda davom ettiriladi.
Manba: Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi matbuot xizmati