TEZKOR: Xorazmda barça metan zapravkalar qaçon iş faoliyati töliq tiklanişi aytildi
10-02-2026, 18:37
4 295 марта
Xorazmda barça metan zapravkalar qaçon iş faoliyati töliq tiklanişi aytildiXorazm viloyati aholisi va avtotransport haydovçilari uçun muhim xabar!
Malum qilinişiça, ertaga — 11 fevral kuni soat 09:00 dan boşlab Xorazm viloyatidagi barça metan (CNG) avtogaz quyiş şoxobçalari 100 foiz oçilib, odatdagi iş rejimida faoliyat yuritişni boşlaydi.
Avvalroq ayrim hududlarda gaz taminoti bilan boğliq çeklovlar joriy etilgan edi. Endi esa uşbu çeklovlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinib, jumladan Xorazm viloyatida ham barça metan zapravkalar töliq işga tuşiriladi.
🔹 Metan zapravkalar soat 09:00 dan boşlab mijozlarga xizmat körsatadi
🔹 Gaz taminoti barqaror rejimda amalga oşirilişi rejalaştirilgan
🔹 Navbat va tirbandliklarning oldini oliş uçun haydovçilardan tartibga rioya qiliş söralmoqda
Mazkur yangilik minglab haydovçilar uçun qulaylik yaratişi, jamoat transporti hamda xizmat avtotransportlarining uzluksiz harakatini taminlaşi kutilmoqda.