BOĞOT TUMANIDA 328,2 MLN SÖMLIK ELEKTR ENERGIYaSIDAN NOQONUNIY FOYDALANIŞ HOLATI ANIQLANDI
11-02-2026, 21:48
114 марта
BOĞOT TUMANIDA 328,2 MLN SÖMLIK ELEKTR ENERGIYaSIDAN NOQONUNIY FOYDALANIŞ HOLATI ANIQLANDI“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidan foydalaniş qoidalariga rioya etilişini nazorat qiliş maqsadida reyd tadbirlari izçil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi nazorat tadbiri Boğot tumani “Tozabozor” mahallasida ötkazildi. Örganiş jarayonida “X.H.”ga tegişli xonadonda elektr energiyasidan foydalaniş holati tekşirildi.
Tekşiruv davomida jami quvvati 6,94 kVt bölgan maişiy texnika vositalari elektr hisoblagiçdan taşqari, özboşimçalik bilan tarmoqqa ulangani va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan belgilangan tartibda elektron dalolatnoma rasmiylaştirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu noqonuniy ulaniş natijasida elektr taminoti korxonasiga 328,2 million söm miqdorida zarar yetkazilgani malum qilindi.
Töplangan hujjatlar qonuniy baho beriş uçun tegişli taşkilotlarga taqdim etildi.
Eslatib ötamiz, elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi.



