Hazoraspda yuk avtomobili yölga çökib ketdi
15-02-2026, 16:38
578 марта
Hazoraspda yuk avtomobili yölga çökib ketdiHazorasp tumani markaziy köçalaridan birida yuk avtomobili yölga çökib ketdi. Hodisa kunning ikkinçi yarmida sodir bölgan.
Dastlabki malumotlarga köra, uşbu holatga quvur yotqiziş uçun qazilgan joyning töliq tamirlanmagani sabab bölgan. Qaziş işlaridan söng yöl qoplamasi yetarliça mustahkamlanmagani oqibatida oğir yuk avtomobili harakat vaqtida yölga botib qolgan.

Hodisa oqibatida avtomobil harakati qisqa muddatga çeklanib, haydovçilar uçun noqulayliklar yuzaga kelgan. Yaxşiyamki, hodisa vaqtida jabrlanganlar haqida malumot yöq.
Mahalliy aholi bunday holatlar takrorlanmasligi uçun qaziş işlari olib borilgandan söng yöllarni sifatli va töliq tamirlaş zarurligini takidlamoqda. Masul taşkilotlar tomonidan uşbu holatga munosabat bildirilişi kutilmoqda.
Xorazmbugun.uz — hududdagi dolzarb muammolar va voqealarni kuzatib boramiz.