Xorazmda 20 kilogramm simobni noqonuniy sotmoqçi bölganlar qölga olindi
17-02-2026, 10:34
432 марта
Xorazmda 20 kilogramm simobni noqonuniy sotmoqçi bölganlar qölga olindiXorazm viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida xavfli kimyoviy modda — simobni noqonuniy yöl bilan sotişga uriniş holati foş etildi. Malum qilinişiça, hodisa Yangiariq tumani hududida aniqlangan.
Tezkor tadbir jarayonida **Xiva şahri**da yaşovçi şaxs şartli xaridorga taxminan 20 kilogramm simobni topşirayotgan vaqtda uşlangan. Dastlabki malumotlarga köra, gumonlanuvçi mazkur xavfli metall uçun 5 ming AQŞ dollari olişni rejalaştirgan.
Malumki, simob inson salomatligi va atrof-muhit uçun öta xavfli moddalar qatoriga kiradi. Uni noqonuniy muomalaga kiritiş qonunçilikka zid bölib, oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.Hozirda uşbu holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilib, qonunçilikda belgilangan tartibda çora körilişi kutilmoqda.