Xorazmda tarovih namozi soat neçidan öqilişi aytildi.
17-02-2026, 20:30
1 224 марта
Xorazmda tarovih namozi 21:00 da boşlanadiErtaga, 18 fevral kuni xufton namozidan söng mamlakatimiz böylab masjidlarda muborak tarovih namozi ado etilişi boşlanadi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati malum qildi.
Malum qilinişiça, Xorazm viloyatida joylaşgan barça masjidlarda tarovih namozi soat 21:00 da boşlanadi. Viloyat ahli har yilgidek Ramazon oyini jamoat bölib, ibodat va duolar bilan qarşi oladi.
Tarovih namozi — Ramazon oyiga xos bölgan uluğ ibodatlardan biri bölib, u mömin-musulmonlarni sabr, poklik va manaviy yaqinlikka çorlaydi. Ayniqsa, Xorazm masjidlarida har keça jamoat bilan öqiladigan tarovih namozlari qalblarga xotirjamlik bağişlaşi bilan ahamiyatlidir.
Eslatib ötamiz, tarovih namozi xufton namozidan keyin öqiladi va u Ramazon oyi davomida har keça ado etiladi. Mutasaddilar masjidlarga keluvçi fuqarolardan tartib-intizomga rioya qilişni söramoqda.
Alloh taolo barçamizning tutgan röza va qilgan ibodatlarimizni qabul qilsin.