Xorazm viloyatida “GIDLAR FORUMI – 2026” ötkazildi
20-02-2026, 15:40
243 марта
Xorazm viloyatida “GIDLAR FORUMI – 2026” ötkazildiXorazm viloyatida “21-fevral — Butunjahon turizm gidlari kuni” munosabati bilan “Özbekiston gidlar forumi – 2026” bölib ötdi. Mazkur tadbir Özbekiston Turizmni rivojlantiriş instituti, Xorazm viloyati turizm boşqarmasi hamda Urganç davlat universiteti hamkorligida taşkil etildi.
Forumda turizm sohasi vakillari, tajribali gidlar, şuningdek, sohaga qiziquvçi yoş mutaxassislar iştirok etdi. Tadbir doirasida mamlakatimizda gidlik faoliyatini yanada rivojlantiriş, hududiy turizm salohiyatini oşiriş, şuningdek, soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi. Qator taqdimotlar namoyiş etildi va iştirokçilar örtasida tajriba almaşiş imkoni yaratildi.
Forum yakunida 2025 yil davomida Xorazm viloyatida samarali faoliyat olib borgan gidlar turli nominatsiyalar böyiça taqdirlandilar. Jumladan:
- Egamova Dilnura Hursand qizi — “Yilning eng yoş gidi”
- Baltayeva Poşşajon Raşidovna — “Yilning poliglot gidi”
- Madaminov Madamin Egamberdiyeviç — “Yil murabbiyi”


