21 fevral kuni Xorazmda içimlik suvi nega öçiriladi?
21-02-2026, 06:08
1 047 марта
21 fevral kuni Xorazmda içimlik suvi nega öçiriladi?2026 yil 21 fevral kuni Xorazm viloyatining qator şahar va tumanlarida içimlik suvi taminotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin.
Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari AJ Xorazm hududiy filiali rasmiy ravişda malum qildi. Qayd etilişiça, **Xorazm suv ta’minoti AJ**ga qaraşli Urganç şahri Obixayot MFY hududida joylaşgan «Urganç suv tozalaş» hamda «Urganç suv taqsimlaş» inşootlarini elektr energiyasi bilan taminlovçi «Toza buloq» elektr podstantsiyasida (VOS-1 va VOS-2 tarmoqlari) rejali texnik xizmat işlari olib boriladi.
Elektr tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq amalga oşirilayotgan uşbu işlar jarayonida suv inşootlari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin. Natijada ayrim hududlarda içimlik suvi bosimi pasayişi yoki butunlay töxtab qolişi ehtimoli mavjud.
Malumotlarga köra, uşbu uzilişlar quyidagi hududlarda kuzatilişi mumkin:
Urganç va Xiva şaharlari, şuningdek Urganç tumani, Qöşköpir tumani, Yangibozor tumani, Gurlan tumani va Şovot tumani.
Vaqtinçalik uzilişlar soat 10:00 dan 13:00 gaça bölgan vaqt oraliğida amal qilişi kutilmoqda.
Masul taşkilotlar aholidan uşbu vaqt mobaynida zarur miqdorda içimlik suvi zaxirasini oldindan tayyorlab qöyişni tavsiya etar ekan, yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr söradi.