Xorazm viloyatida qalbaki alkogol mahsulotlar işlab çiqarayotgan yaşirin tsex va uşbu mahsulotlarni sotayotgan şaxslar foş etildi
26-02-2026, 15:04
412 марта
Xorazm viloyatida qalbaki alkogol mahsulotlar işlab çiqarayotgan yaşirin tsex va uşbu mahsulotlarni sotayotgan şaxslar foş etildiBoş prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi va Xiva şahri bölimi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. Urganç tumani “Anjirçi” MFY hududidagi xonadonda yaşirin tsex taşkil etib, qalbaki alkogol mahsulotlari işlab çiqarayotganligi aniqlanib, uşbu xonadondan işlab çiqariş uskunasi, aktsiz markalar, 190 litr spirt, 1 500 dona şişa qopqoqlari va boşqa tovar moddiy boyliklari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Yaşirin tsexda tayyorlangan qalbaki alkogolli içimliklarni sotayotgan şaxslarni aniqlaş maqsadida davom etgan tezkor tadbirlarda, Urganç şahri, Boğot, Urganç, Hazorasp, Gurlan, Şovot, Yangibozor va Xonqa tumani hududlarida uşbu mahsulotlar sotuvini yölga qöygan şaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari foş etilib, ulardan umumiy bahosi 102,7 mln sömlik 34 turdagi 4 844 dona qalbaki alkogol mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş yoki işlab çiqariş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


