2 mart kuni ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkin
2-03-2026, 05:08
2 702 марта
2 mart kuni ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkinJoriy yilning 2 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça Xorazm viloyatining qator tuman va şaharlarida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
Malum qilinişiça, profilaktika va rejali texnik işlar Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi.
Qaysi hududlarda uziliş bölişi mumkin?
Urganç tumanida:
Hilol, Uşin, Miroblar, Arablar, Merganovul, Anjirçi, Jayhun, Yuqoriovul mahallalarida.
Yangibozor tumanida:
Mingboğolon, Boğolon, Qiyot mahallalarida.
Gurlan tumanida:
Dösimbiy, Navbahor, Taxtaköpir, Dehqon, Döstlik boği mahallalarida.
Şovot tumanida:
Qiyot, Yangiyöl, Paxtakor, Istiqbol, Oydin, Qirğoqböyi mahallalarida.
Qöşköpir tumanida:
Taraqqiyot, Yangilik, Yovğir mahallalarida.
Yangiariq tumanida:
Şerobod, Şixboği, Qormiş, Gullanboğ mahallalarida.
Boğot tumanida:
Oqtepa, Qalajiqqala, Navröz, Hurriyat, Beruniy mahallalari hamda Yangiqadam şaharçasida.
Hazorasp tumanida:
Aloqaliköl, Yangibozor, Şovot, Ğofur Ğulom, Karvar, Boğdor, Uzuqqaqoş, Al-Xorazmiy, Işçilar mahallalarida.
Xiva şahrida:
Sangar, Guliston, Gulirayhon, Binokor mahallalarida.
Urganç şahrida:
Gulçilar mahallasida.
Mutaxassislar profilaktika işlari elektr taminoti barqarorligi va tarmoqlar xavfsizligini taminlaşga qaratilganini takidlamoqda.
Hurmatli fuqarolardan mazkur vaqt oraliğida yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklarni inobatga olgan holda öz rejalarini muvofiqlaştiriş söraladi.