Urganç tumanida transformator punktlarida tamirlaş işlari amalga oşirilmoqda
10-03-2026, 16:18
78 марта
Urganç tumanida transformator punktlarida tamirlaş işlari amalga oşirilmoqdaXorazm viloyatida aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlaş maqsadida elektr tarmoqlarida rejali tamirlaş işlari davom etmoqda. Ayni paytda Urganç tumanidagi bir qator transformator punktlarida texnik xizmat körsatiş va yangilaş işlari olib borilmoqda.

Malum qilinişiça, hududdagi elektr taminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan mahallalarda joylaşgan ayrim transformator punktlarida joriy tamirlaş işlari taşkil etilgan. Jumladan, “Obod” hamda “Merganovul” mahallalaridagi transformator uskunalarida texnik körik va profilaktik işlar bajarilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan transformator punktlarida eskirgan ayrim elektr jihozlari yangilanib, mavjud uskunalar tozalanmoqda hamda ularni qayta böyaş va texnik holatini yaxşilaş işlari amalga oşirilmoqda. Şuningdek, elektr tarmoqlarining işonçli işlaşini taminlaş maqsadida zarur profilaktik tadbirlar ham ötkazilmoqda.Mutasaddilarning takidlaşiça, amalga oşirilayotgan tamirlaş işlari aholi va tadbirkorlik subektlarini yanada sifatli elektr energiyasi bilan taminlaşga xizmat qiladi. Bu esa elektr tarmoqlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini olişga hamda elektr taminoti barqarorligini oşirişga yordam beradi.