«Yaşil makon – 2026»: Boğotda viloyat körgazmali amaliy seminari ötkazildi
14-03-2026, 15:39
242 марта
«Yaşil makon – 2026»: Boğotda viloyat körgazmali amaliy seminari ötkazildiBoğot tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirlarini samarali taşkil etiş masalalariga bağişlangan viloyat körgazmali amaliy seminari bölib ötdi.
Tadbirda viloyat hokimi Jörabek Rahimov iştirok etib, hududlarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini yanada kuçaytiriş masalalariga alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, Ramazon hayiti va Navröz bayrami arafasida ötkazilayotgan umumxalq haşarida aholining faol iştirokini taminlaş, mahallalarda köçat ekiş işlarini tizimli yölga qöyiş zarurligini takidladi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan köçat ekiş, ularni parvarişlaş va hududlarni samarali kökalamzorlaştiriş böyiça amaliy körgazmalar taşkil etildi. Qatnaşçilarga daraxt köçatlarini töğri tanlaş, ekiş va parvariş qiliş usullari yuzasidan tuşunçalar berildi.
Malumot örnida, sönggi tört yil davomida viloyatda 70 million tup daraxt köçatlari ekilib, hududning yaşillik darajasi 7 foizdan 14,5 foizga yetgan. Joriy yilda esa 14 million 500 ming tup köçat ekiş hamda yaşillik darajasini 16 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Mutaxassislar takidlaşiça, “Yaşil makon” loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar hudud ekologik holatini yaxşilaş, iqlim özgarişlarining salbiy tasirini kamaytiriş hamda aholi uçun yanada qulay yaşaş muhitini yaratişga xizmat qiladi.







