Şovotda quvonarli yangilik: zamonaviy avtobus qatnovi yölga qöyildi!
18-03-2026, 21:28
483 марта
Şovotda quvonarli yangilik: zamonaviy avtobus qatnovi yölga qöyildi!Şovot tumanida jamoat transporti tizimini yanada takomillaştiriş yölida muhim qadam taşlandi. Bugundan boşlab “ŞOVOT TRANS” MÇJ tomonidan olib kelingan, barça zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avtobus öz faoliyatini rasman boşladi.
Yangi avtobus nafaqat qulayligi, balki ijtimoiy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Xususan, u imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun maxsus moslamalar — nogironlik aravaçasida avtobusga çiqiş imkonini beruvçi jihozlar bilan taminlangani etiborga molik.
Şuningdek, avtobus içi keng va şinam bölib, yölovçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bu esa kundalik qatnovlarni yanada qulay va xavfsiz qiladi.
Yangi avtobus ŞAY-277 “Sohibkor (Şovot) – Urganç (Sohibkor tomondan)” yönalişida xizmat körsatadi.
Qatnovlar bugundan boşlab rasman yölga qöyildi.
Endilikda tuman aholisi öz manzillariga tez, xavfsiz va qulay tarzda yetib boriş imkoniyatiga ega böladi. Şovotda transport infratuzilmasini rivojlantiriş işlari izçil davom etmoqda.


