19 mart kuni Xorazmning qator hududlarida elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkin
18-03-2026, 22:36
473 марта
19 mart kuni Xorazmning qator hududlarida elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkin19 mart kuni Xorazm viloyatining ayrim tuman va mahallalarida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda elektr tarmoqlari mutasaddilari malum qildi.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq, profilaktika işlari olib borilişi munosabati bilan qator hududlarda elektr energiyasi vaqtinça öçirilişi mumkin.
Xususan, quyidagi hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi ehtimol:
Urganç tumani: Bobodehqon, Oq-oltin, Qipçoq, Boğdorçi, Köhna ovul mahallalari.
Yangibozor tumani: Ming Boğolon, Boğolon, Qiyot mahallalari.
Gurlan tumani: Dehqonobod mahallasi.
Şovot tumani: Eşonqala, Böston, Guliston, Arbek, Oqköl, Maxtumquli, Idaliqala, Komiljon Otaniyazov, Katqala, Botirlar mahallalari.
Qöşköpir tumani: Bahoriston, Hadra, Yangilik, Ğazovot mahallalari.
Xiva tumani: Polasulton, Otajontöra, Indavak, Şörköl, Varangzon mahallalari.
Yangiariq tumani: Şerobod, Şixboği, Qarmiş mahallalari.
Boğot tumani: Boğzor, Navbahor, Özbekiston, Paxtaobod, Qoraboğ, Yoş ösmir, Qulanqoraboğ, Mehnatguli mahallalari.
Hazorasp tumani: Otaliq, Sulaymonqala, Şarof Raşidov, Işçilar, Oybek, B.Matirzayev, Piçoqçi, Ziyoli, Boğdor, Al-Xorazmiy, Pahlavon Mahmud mahallalari.
Malumotlarga köra, profilaktika işlari 19 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça davom etadi. Şu vaqt oraliğida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
Mutaxassislar fuqarolardan bu holatni töğri qabul qilişni va elektr energiyasidan foydalanişda ehtiyot çoralariga amal qilişni söramoqda.