Xorazmda ham bu muborak bayram kötarinki kayfiyatda, milliy qadriyatlar va ananalarga xos tarzda nişonlanmoqda.
20-03-2026, 09:01
161 марта
Xorazmda ham bu muborak bayram kötarinki kayfiyatda, milliy qadriyatlar va ananalarga xos tarzda nişonlanmoqda.Xorazm viloyatida muborak Ramazon hayiti munosabati bilan minglab fuqarolar erta tongdan masjidlarga taşrif buyurib, hayit namozini ado etdilar. Viloyatning barça şahar va tumanlaridagi masjidlarda bayramona muhit hukm surib, yurtdoşlarimiz şukronalik va duo-ibodatlar bilan hayit namozini öqidilar.
Xususan, Urganç şahridagi masjidlarda ham yuzlab, minglab mömin-musulmonlar bir joyga jam bölib, hayit namozini ado etdilar. Namozdan söng imom-xatiblar tomonidan yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik, xalq farovonligi va baraka uçun duolar qilindi.
Muborak hayit kunida odamlar bir-birlarini bayram bilan tabriklab, mehr-oqibat va ahillikni namoyon etdilar. Yoşlar keksalardan duo oldi, ota-onalar esa farzandlariga ezgu tilaklar bildirdi.
Ramazon hayiti nafaqat ibodat, balki insonlar örtasidagi mehr-muhabbat, bağrikenglik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan uluğ ayyom sifatida nişonlanmoqda.

















