Xorazmning bir qator tumanlarida 27 mart kuni tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
27-03-2026, 06:48
1 039 марта
Xorazmning bir qator tumanlarida 27 mart kuni tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali matbuot xizmati malum qilişiça, tamirlaş işlari sababli 27 mart kuni Xorazm viloyatining bir neçta tumanlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malumotga köra, “Urgançtransgaz” UK tomonidan “Boğot-1” va “Boğot-2” gaz taqsimlaş stantsiyalarida mavsumiy şaybalarni almaştiriş işlari olib boriladi. Şu munosabat bilan 27 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 gaça Boğot tumanining quyidagi mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi:
Oqtepa, Hurriyat, Abu Rayxon Beruniy, Nurafşon, Aşxobod, Oltinqum, Obod, Nurlimaskan, Gulşan, Könabirlaşuv, Ortiq Otajonov, Sohibkor, Manaviyat, Özgariş, Hunarmand va Navbahor.
Şuningdek, “Pitnak” gaz taqsimlaş stantsiyasida mavsumiy şayba almaştiriş işlari sababli 27 mart kuni soat 13:00 dan 16:00 gaça Tuproqqala tumanining barça mahallalarida gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
“Urgançtransgaz” UK tomonidan “Xonqa-2” gaz taqsimlaş stantsiyasida ham tamirlaş işlari amalga oşiriladi. Şu sababli 27 mart kuni soat 14:00 dan 17:00 gaça Xonqa tumanining Nurobod, Katta kuç, Znaxos va Madaniyat mahallalari hamda Yangiariq tumanining Şixboği va Şerobod mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Bundan taşqari, Yangi bozor tumanini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli yer usti gaz quvurida aniqlangan sizib çiqiş holatini bartaraf etiş işlari olib borilişi munosabati bilan 27 mart kuni soat 14:00 dan 17:00 gaça Yangi bozor tumanining barça mahallalarida gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Şu kuni “Şovot-1” gaz taqsimlaş stantsiyasida ham mavsumiy şaybalarni almaştiriş işlari rejalaştirilgan. Şu sababli 27 mart kuni soat 13:00 dan 16:00 gaça Şovot tumanining Turkiston, Şovot, Bunyodkor, Zamondoş, Qumyop, Asavey, Yangiobod, Royat, Mevazor (bir qismi), Qirğoqböyi, Paxtakor, Istiqbol, Oq oltin, Arbob, Yangi Özbekiston, Oydin, Qiyot, Qundöz, Idali qala, K.Otaniyazov, Ipakçi, Döstlik, Uzunköl, Arçazor, Xitoy va Taraqqiyot mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, tamirlaş işlari yakunlanganidan söng tabiiy gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi.