3 aprel kuni Xorazmda ayrim hududlarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
3-04-2026, 09:37
586 марта
3 aprel kuni Xorazmda ayrim hududlarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXorazm viloyatida tamirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan 3 aprel kuni ayrim tuman va mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, “Zarbdor” gaz taqsimlaş stantsiyasida tamirlaş işlari amalga oşirilişi sababli soat 09:00 dan 12:00 gaça Boğot tumanining Qalajiqqala, Yangiqadam, Nayman va Nurlihayot mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, Qöşköpir tumanidagi yirik hududga örnatilgan gaz hisoblagiç uskunasida mavsumiy şayba almaştirilişi munosabati bilan soat 09:00 dan 11:00 gaça Şixmaşxad, Zarbdor, Kenagas va Qoramon mahallalarida gaz taminoti vaqtinça çeklanadi.
Bundan taşqari, “Bekobod” gaz taqsimlaş stantsiyasida ham mavsumiy şaybalar almaştirilişi sababli soat 14:00 dan 17:00 gaça Yangibozor tumanining barça mahallalarida, şuningdek Urganç va Qöşköpir tumanlarining ayrim hududlarida gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Xususan, Urganç tumanida Orzu, Baxşilar, Hilol, Gulobod, Oqyop, Ravot, Zargarlar, Ğalaba, Qoramon, Obod, Beruniy va Qönğirot mahallalari qamrab olinadi. Qöşköpir tumanida esa Dovud, Qoramon va Kenagas mahallalarida gaz taminoti çeklanişi kutilmoqda.
Malum qilinişiça, barça tamirlaş işlari yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.
Manba: “Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati