4–5 aprel (şanba–yakşanba) kunlari Urganç-Xonqa yöli vaqtinça yopiladi
3-04-2026, 12:19
1 641 марта
4–5 aprel (şanba–yakşanba) kunlari Urganç-Xonqa yöli vaqtinça yopiladiXorazm viloyatida amalga oşirilayotgan yirik infratuzilma loyihasi doirasida Urganç xalqaro aeroportidan Urganç–Xiva temir yöligaça bölgan temir yöl tarmoğini elektrlaştiriş işlari davom etmoqda.
Mazkur quriliş işlari munosabati bilan 4–5 aprel, yani şanba va yakşanba kunlari avtotransport vositalari harakatini taşkil etişda vaqtinça özgarişlar joriy etiladi.
Loyihaga köra, temir yöl kesişmasi hududida muhofazalanadigan pereyezd qurilişi olib borilayotgani sababli ayrim yöl uçastkalarida harakat vaqtinça aylanma yöllar orqali taşkil etiladi.
Hujjatda keltirilgan sxemaga asosan:
- transport vositalari uçun maxsus aylanma yönalişlar belgilangan;
- yöl harakati xavfsizligini taminlaş maqsadida vaqtinça yöl belgilari örnatiladi;
- tezlik çeklovlari (50 km/soat) joriy qilinadi;
- haydovçilarga ogohlantiruvçi belgilar orqali harakatlaniş tavsiya etiladi.
Mutaxassislar uşbu kunlarda haydovçilardan ehtiyotkor bölişni, belgilangan yöl belgilariga amal qilişni va aylanma yöllar orqali harakatlanişni söramoqda.
Quriliş işlari yakunlangaç, mazkur hududda zamonaviy va xavfsiz temir yöl infratuzilmasi şakllantirilişi kutilmoqda.