Xorazmda haykalni öpgan ayol jarimaga tortildi
8-04-2026, 13:33
1 434 марта
Xorazmda haykalni öpgan ayol jarimaga tortildiSurxondaryoda yaşovçi ayol Xivaga sayohatga borgan. U Içanqaladagi haykallardan birini öpib, tasvirga olgan hamda ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasiga joylaştirgan.
JIB Xiva şahar sudi Içanqaladagi haykallardan birini öpgan ayolga mamuriy jazo qölladi.
Sud qaroriga köra, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yaşovçi 25 yoşli M.G. sayohat qiliş uçun Xiva şahriga borgan. U 21 fevral kuni Içanqaladagi Xorazm milliy musiqa sanati namoyandalariga bağişlangan haykalni öpib, tasvirga olgan. Söngra uni ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasiga joylaştirgan.
M.G. sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U qilmişidan puşaymonligini, homilador ekanini aytib, suddan yengillik söragan.
Sud qarori bilan M.G. Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 64-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda böliş huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.