13 aprel: Xorazmda bir qator hududlarda elektr öçiriladimi?
12-04-2026, 23:14
758 марта
13 aprel: Xorazmda bir qator hududlarda elektr öçiriladimi?Xorazm viloyatida 13 aprel kuni profilaktika işlari sabab bir qator tuman va şahar hududlarida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq rejali profilaktika işlari olib boriladi.
Quyidagi hududlarda elektr taminoti çeklanişi mumkin:
Yangibozor tumanida — Ming Boğolon, Boğolon, Qiyod mahallalarida;
Gurlan tumanida — Marbuğot mahallasida;
Şovot tumanida — Taraqqiyot, Oqköl, Ostona, Qumyop, Böyraçi, Royat, Mevazor, Navröz mahallalarida;
Qöşköpir tumanida — Kenagas, Dovud, Qoramon, Zarbdor, Maşrab, Özbekiston, Şixmaxşad mahallalarida;
Xiva tumanida — Juryon va Indavak mahallalarida;
Boğot tumanida — Nurli maskan, Gulşan, Obod, Töpçi, Qipçoq, Oltinqum mahallalarida;
Hazorasp tumanida — Piçoqçi, 12-narvon, Juvondir, B. Matirzayev, Otaliq, Törta, Beşta, Sanoat, Muxomon, Şehyopi, Mutpiri, Navröz mahallalarida;
Urganç şahrida — Gulşan, Istiqlol, Binokor, Şodlik, Yuqoriboğ, Gulzor, Hamjihatlik mahallalarida.
Mutaxassislar profilaktika işlari elektr tarmoqlarining barqaror işlaşini taminlaşga qaratilganini takidladi.
Elektr taminoti işlar yakunlangaç, bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi. Aholidan vaqtinçalik noqulayliklarga tuşuniş bilan qaraş söralmoqda.