Xorazmda kuçli şamolning ikkinçi kuni: uylar zarar kördi
15-04-2026, 17:42
592 марта
Xorazmda kuçli şamolning ikkinçi kuni: uylar zarar kördiXorazm viloyatida kuzatilayotgan kuçli şamol ikkinçi kuni ham öz tasirini saqlab qolmoqda. Ayrim hududlarda tabiiy ofat oqibatida aholi uy-joylariga jiddiy zarar yetgan.
Malumotlarga köra, Yangibozor tumanida köp qavatli uyning tom qismi tamirlaş işlari olib borilayotgan vaqtda kuçli şamol tasirida uçib ketgan. Hodisa vaqtida jabrlanganlar haqida aniq malumotlar kelib tuşmagan.
Şuningdek, Şovot tumanida ham kuçli şamol oqibatida bir qator uylarga zarar yetgani xabar qilinmoqda. Ayrim holatlarda tom qoplamalari köçib ketgan, daraxtlar qulab tuşgani aytilmoqda.
Mutasaddi taşkilotlar tomonidan holat örganilmoqda, zarar körgan hududlarda tiklaş işlarini olib boriş çoralari körilmoqda.
Fuqarolardan kuçli şamol paytida ehtiyot çoralariga qatiy amal qiliş, imkoniyat bölsa uydan çiqmaslik va xavfsiz joylarda böliş tavsiya etiladi.
