19 aprel kuni ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkin
19-04-2026, 06:09
624 марта
19 aprel kuni ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi mumkinXorazm viloyatining bir qator tumanlarida rejali profilaktika işlari tufayli elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
💡 Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik jihatdan ekspluatatsiya qiliş qoidalariga muvofiq, joriy yilning 19 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça tamirlaş va profilaktika işlari olib boriladi.
Şunga köra, quyidagi hududlarda elektr taminotida uzilişlar bölişi ehtimoldan xoli emas:
— Urganç tumani: Yuqorijirmiz, Qoromon, Beruniy, Kattaboğ mahallalari;
— Gurlan tumani: Saxtiyon, Yormiş, Navbahor, Madadkor, Yangiboğ mahallalari;
— Xiva tumani: Quşçi Kattaboğ va Çanaşiq mahallalari;
— Yangiariq tumani: Oqmaçit, Angarik, Çiqirçi, Tuzloğ mahallalari.
Tamirlaş işlari elektr tarmoqlarining barqaror va xavfsiz işlaşini taminlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Hurmatli istemolçilardan uşbu holatni inobatga olgan holda öz işlarini rejalaştirib oliş söraladi.